To‘liq ta’lim granti — bir o‘quv yili uchun berilib, o‘qitish xarajati Davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanadigan ta’lim granti;
To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti — bir o‘quv yili uchun berilib, to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanmaydigan ta’lim granti;
Qo‘shimcha davlat granti — oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida muayyan o‘quv yili yakuni bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lgan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi talabalarning (keyingi o‘rinlarda — belgilangan toifadagi talabalar) navbatdagi o‘quv yili uchun o‘qitish xarajati Davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanadigan grant;
Oliy ta’lim tashkiloti granti — moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan ularda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oluvchi belgilangan toifadagi talabalarning GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lganda, ularning navbatdagi o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov-kontrakt summasining 20 foizdan 80 foizgacha bo‘lgan qismini ushbu oliy ta’lim tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadigan grant.
Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari har yili o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oliy ta’lim tashkiloti grantini taqdim etadi.
Bunda oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA ko‘rsatkichi:
3,3 — 3,39 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 20 foizi;
3,4 — 3,49 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi;
3,5 — 3,59 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 40 foizi;
3,6 — 3,69 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi;
3,7 — 3,79 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 60 foizi;
3,8 — 3,89 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 70 foizi;
3,9 — 3,99 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy ta’lim tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.