O‘quv reja asosidagi majburiy fanlar hamda tanlov fanlari bilan tanishtirildi boshlandi.
Registrator ofisi xodimlari, fakultet va kafedra professor-o‘qituvchilari, Talabalar dekanati tyutorlari tomonidan talabalar bilan bevosita uchrashib, ularni yangi o‘quv yili uchun o‘quv reja asosidagi majburiy fanlar hamda tanlov fanlari bilan batafsil tanishtirmoqdalar.
Ushbu jarayon talabalar uchun o‘zlari qiziqqan va kelajak kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan fanlarni ongli ravishda tanlash imkonini yaratadi.
Maʼlumot uchun: Tanlov fanlari talabaning taʼlim sifatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish va kasbiy malakasini mustahkamlashga xizmat qiladi.