Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Orientation Week” doirasida 1-bosqich talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘limi boshlig‘i Nigora Sadinova ishtirok etib, yoshlarga milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimiz va mustaqillik mafkurasining hayotimizdagi o‘rni haqida mazmunli ma’ruza qildi.
Uchrashuv davomida talabalarga o‘z ustida muntazam ishlash, yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shish hamda bilim olish jarayonida ma’naviyat va ma’rifatga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlan