Skip to main content

Orientation Week Mustaqillik darsi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida "Orientation week" tadbirlari doirasida birinchi bosqich talabalari uchun mustaqillik darsi tashkil etildi.

 

Mazkur dars "Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori" shiori ostida o‘tkazilib, unda mamlakatimizda erishilgan yutuqlar, mustaqillikning ahamiyati, yoshlarning ilm-fan, kasb-hunar va ma’naviy rivojlanishdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.