Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Geomatika muhandisligi kafedrasi birinchi kurs tayanch doktoranti Qurbonova Iroda, geografiya fanlari doktori, professor Vaxob Rafikov rahbarligidagi ilmiy guruh tarkibida Orol dengizining qurib borayotgan hududlarda ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
Tadqiqotlar ayni vaqtda Orol dengizi tubining ochilib qolgan qismidagi geoekologik holat, shuningdek, “Orolqum choʻli”ning shakllanish va rivojlanish jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan.
Qurbonova Iroda “Geoinformatika” (11.00.07) ixtisosligi bo‘yicha PhD dissertatsiyasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining sugʻoriladigan maydonlari tabiiy-meliorativ holatini geoaxborot tahlili asosida baholash va kartalashtirish mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.
Bu ilmiy ishlar Orolbo‘yi mintaqasida barqaror ekologik rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilishi, shuningdek, zamonaviy geotexnologiyalar yordamida ekologik muammolarni aniqlash va yechim topish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.