Skip to main content

Orolbo‘yi hududida ekologik tadqiqot ishlari olib borilmoqda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Geomatika muhandisligi kafedrasi birinchi kurs tayanch doktoranti Qurbonova Iroda Geografiya fanlari doktori, professor Vaxob Rafikov rahbarligidagi ilmiy guruh tarkibida Orol dengizining qurib borayotgan hududlarida kuz mavsumida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

 

Tadqiqotning asosiy maqsadi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining meliorativ holatini o‘rganish bo‘lib, bu jarayonda olingan tuproq namunalari “SAG AGRO” MCHJ Tuproq tahlili laboratoriyasida zamonaviy uskunalar yordamida tahlil qilindi.

 

Mazkur ilmiy ishlar Orolbo‘yi mintaqasida barqaror ekologik rivojlanishni ta’minlash, geotexnologiyalar orqali ekologik muammolarni aniqlash va ularga ilmiy yechim topish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi