Skip to main content

O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI

ABDUMALIK KURBANOV

ABDUMALIK KURBANOV

Kafedra mudiri

Kafedra to’g’risida

Samarqand davlat arxitektura – qurilish universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi 2020-yildan boshlab faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra tarixi

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dastlab “Tillarni o‘qitish” kafedrasi, so‘ng ‘‘Xorijiy tillar’’ kafedrasi tarkibida faoliyat olib borgan. Kafedra 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  ‘‘Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi’’ PF-6084-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Kafedra tashkil etilgach unga katta o‘qituvchi Kurbonov Abdumalik Uzoqboyevich mudir etib tayinlangan va kafedrani boshqargan. Kafedrada o‘zbek va rus tili o‘qituvchilari faoliyat olib borgan.

Dastlabki yillarda kafedrada professor U.S.Sanaqulov, dotsent G.M.Axmedova, SH.J.Mamatqulova, katta o‘qituvchilar N.A.Boboqandov, M.A.Axrorqulovalar faoliyat olib borgan.  

Kafedra tashkil etilgan yilda yana bir kafedra, ya’ni sobiq Kasbiy ta’lim kafedrasi ham O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tarkibiga qo‘shilgan holda faoliyat olib borgan. Bu davrda Kasbiy ta’lim kafedrasidan bir guruh malakali professor-o‘qituvchilar, ya’ni dotsentlar Rahimov Akram Qahharovich hamda Egamov Ilhom Yusupovich, katta o‘qituvchilar Boboqulova Muqaddas, Qarshiboyeva Ra’no, Turaqulova Iroda, Xushvaqtov Usmon, To‘rayeva Nargiza hamda o‘qituvchi Boliyeva Roxila kabilar qo‘shilib kafedra jamoasining tarkibi yanada ham kengaygan.

Dastlab tashkil etilganda kafedrada “O‘zbek tili”, “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi”, “O‘zbek (rus) tili”, “Rus tili” kabi fanlar o‘qitila boshlagan hozirgi kunga kelib tanlov hamda mutaxasislik fanlari bilan birga 20 yaqin fanlar o‘qitilmoqda.

Kafedraga 2023-yil avgust oyida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rasulova Istoda Abdulatifovna kafedra mudiri etib tayinlangan. 2024-yilda esa, kafedraga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jo‘rayev Shahriyor Ibodullayevich mudir etib tayinlangan va hozirga qadar boshqarib kelmoqda.

Hozirgi vaqtda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi O‘zbekistonda “Professional ta’lim” ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan yetakchi maskan bo‘lib, talabalar o‘qish jarayonida ta’lim va metodika, psixologiya sohasida har tomonlama tayyorgarlikka ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar kasbiy masalalarni yechishda tizimli va ijodiy yondashish ko‘nikmalar sohibi bo‘ladilar.

Kafedrada talabalarni o‘qitish soha korxonalari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlab, bozor iqtisodiyoti talablarining o‘zgarishiga mos holda o‘qitishga, ish beruvchilarga maksimal amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lishiga e’tibor qaratadi.

Hozirgi kunda kafedra yo‘nalishi va mutaxassisliklari bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Professional ta’lim tizimida, ta’lim va tarbiya dargohlarida, kollej hamda texnikimlarda pedagog xodim sifatida faoliyat yuritmoqdalar.

 “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi, universitetda mutaxassis chiqaruvchi  kafedralardan biri sifatida doim rivojlanib va kengayib borishi tabiiy. Bugungi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 1 nafari falsafa doktori, 5 nafari v.b. dotsent, 3 nafari katta o‘qituvchilar, 1 nafari o‘qituvchi, 1 nafari stajyor-o‘qituvchilardir.

 

            Kafedraning korxonalar bilan aloqalari:

·         Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi,

·         Darg‘om parranda fayz MChJ.

·         EUROASIA FEED PRO SAMARKAND MChJ

·         YULDUZ respublika ijodiy uyushmasi

·         ADABIYOT OLAMI gazetasi

Kontingent:

Kafedra mudiri, 1ta 5ta v.b.dotsent, 2ta katta oqituvchi, 2nafar oqituvchi-assistent, 1 ta stajyor-oqituvchilar, 1 ta uslubchi, 1 ta oquv-yordamchi xodim. Kafedraning ilmiy salohiyati – 40 %, oqituvchilarning ortacha yoshi – 44.

 

Bakalavriat yo`nalishlari:

60112416Professional talim: Qurilish muhandisligi

60112407 - Professional talim: Muhandislik komunikatsiyalari qurilishi va montaji

Magistratura:

Yo‘q

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlar haqida qisqacha

MA’LUMOT

T/r

F.I.SH

Lavozimi

Ish joyiga munosabati

Telefon raqam

Xonasi

     1.             

Jo‘rayev Sh.I

Kafedra mudiri, PhD

Asosiy

+99890-470-00-86

Bosh bino 418

     2.             

Xalikova G.A

Katta o‘qituvchi

Asosiy

+99890-199-25-55

Bosh bino 406

     3.             

Usmanova N.M

v.b dotsent

Asosiy

+99891-558-25-25

Bosh bino 406

     4.             

Atayeva H.K

Katta o‘qituvchi

Asosiy

+99897-030-68-23

Bosh bino 406

     5.             

Kurbonov A.U

Katta o‘qituvchi

Asosiy

+99891-520-30-85

Bosh bino 406

     6.             

Mardiyeva D.N

v.b dotsent

Asosiy

+99893-334-78-87

Bosh bino 406

     7.             

Yakubova F.Y

v.b dotsent

Asosiy

+99893-333-25-23

Bosh bino 406

     8.             

To‘rayeva N.N

v.b dotsent

Asosiy

+99893-356-38-83

Bosh bino 406

     9.             

Tursunova Sh.B

v.b dotsent

Asosiy

+99890-466-77-73

Bosh bino 406

 10.             

Boliyeva R.X

O‘qituvchi

Asosiy

+99897-612-12-00

Bosh bino 406

 11.             

Anvarova M.F

stajyor-o‘qituvchi

Asosiy

+99895-131-44-43

Bosh bino 406

 12.             

Madiyeva S.O

O‘quv yordamchi xodim

Asosiy

+99890-213-46-37

Bosh bino 406

 13.             

Abduraxmonov D.D

Kafedra uslubchisi

Asosiy

+99891-943-91-94

Bosh bino 418

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-metodologik ishlar

Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan 2024-yilning o‘zida 5ta darslik, 2ta o‘quv qo‘llanma 2ta monografiya va 30 xalxaro va mahalliy jurnallar hamda anjuman materiallarida chop etilgan. Bundan tashqari kafedra fanlaridan ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, kurs loyihalari va malakaviy bitiruv ishlarini bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalar, joriy, oraliq va

yakuniy nazoratlarni o‘tkazish bo‘yicha savolnomalar va testlar chop etilgan.

O‘quv jarayoniga yangi informatsion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda, ya’ni, AKT va “aqliy hujum”, “insert”, “klaster”, “refleksiya”, “guruhda ishlash” va boshqa shu kabi pedagogik usullar qo‘llanilmoqda.

O‘quv-amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlariga ilmiy natijalarning tadbiq etilishi va material-texnik bazani yaxshilash va to’ldirish kafedraning dolzarb muammolaridir. Kafedraning iqtidorli talabalari ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etadilar. Ular ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etadi. Olingan ilmiy natijalar respublika jurnallarida chop etilgan.

 

                      Kafedraning xalqaro aloqalari

 

      Kafedra katta o‘qituvchisi Mardiyeva Dilrabo Nuritdinova 2023-yil Rossiyaning Maskva shahrida joylashgan Maskva Davlat Universitetida bo’lib o‘zining ham ilmiy ham metodik ishlari bo‘cha talabalarda mahorat darslari o‘tish bilan birga amaliy va malakaviy toifasini oshirib qaytdi.

       Kafedraning sobiq mudirasi  (PhD) Rasulova Istoda Abdulatifovna 2024-yil Rossiyaning Qozon shahrida joylashgan Qozon Federal universitetida bo‘lib, universitetda ilmit-tadqiqot ishlarini olib borgan.