Skip to main content

O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

 

Tadbir davomida talabalarga ona tilimizning tarixiy taraqqiyot yo‘li, milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizni ifoda etuvchi asosiy qadriyat sifatidagi o‘rni, shuningdek til madaniyatini rivojlantirish va asrab-avaylash zarurligi haqida so‘z yuritilmoqda.

 

Bayram tadbirida tilimizni ulug‘lovchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari ijro etilib, talabalar va professor-o‘qituvchilarda ona tilimizga bo‘lgan faxr va e’tiqor tuyg‘usi yanada mustahkamlanmoqda.