Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand viloyati kasaba uyushmalari raisi Suxrob Rafikov, SamDAQU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov hamda universitet xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi boshlig‘i Baxodir Eshmurodov ishtirok etib, soha xodimlari va faxriylarni samimiy tabrikladilar.
Shuningdek, tadbir doirasida bir guruh faol professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari hamda ushbu sana munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalarida o‘rinlarni egallagan xodimlar tashakkurnoma, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.