Skip to main content

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov tashrif buyurdi

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida SamDAQU hamda Yaponiya universitetlari va kompaniyalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari to‘g‘risida taqdimot tashkil qilindi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muhim tashabbuslardan biri — universitetda Yaponiyada ishlash uchun kadrlar tayyorlash markazini tashkil etish masalasi bo‘ldi. 

Bu tashabbus:

Talabalarimizga Yaponiya kompaniyalarida o‘z sohalari bo‘yicha faoliyat yuritish;

Magistratura va doktorantura bosqichlarida Yaponiya universitetlarida tahsil olish imkoniyatlarini yaratadi;

Va eng asosiysi, xalqaro tajribaga ega mutaxassislar safini kengaytiradi.