Skip to main content

Oʻzbekiston va Yaponiya rektorlari forumi: yangi g‘oyalar, istiqbolli hamkorliklar

Samarqandda oʻtayotgan Oʻzbekiston va Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumi doirasida uchta  shoʻba yig‘ilishi boʻlib oʻtdi.

 

Unda ikki davlat ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va ekspertlar zamonaviy ta’lim jarayonlarini takomillashtirish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish hamda raqamli innovatsiyalarni joriy etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

 

Shoʻbalarda quyidagi yo‘nalishlar boʻyicha fikr almashildi:

 

Texnologik kelajak uchun inson kapitali — oliy ta’limni sanoat va mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish;

Chegarasiz ko‘nikmalar — ta’lim, akademik mobillik va amaliyotchi tadqiqotlar uchun ikki tomonlama ekotizim yaratish;

Aqlli jamiyat uchun akademik innovatsiya — sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli transformatsiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.