30-31-oktyabr kunlari Samarqand shahrida “Bilim va jamiyat oʻrtasidagi uygʻunlik: inson taraqqiyoti va innovatsiyalar yoʻlida fanlararo yondashuvlar” mavzusidagi Oʻzbekiston va Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda universitetimiz rektori Chidem Turkyilmaz ham ishtirok etib, “Ilg‘or texnologik kelajak uchun inson kapitali: oliy ta’limni sanoat va mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish” mavzusidagi 1-sho‘ba yig‘ilishida o‘z ma’ruzasini taqdim qildi