Skip to main content

Parrandachilik binolarida energiya tejamkor havoni mo‘tadillash sistemalarini tadbiq qilish

Talabgor Sattorov Akbarali Bahodirovichning “Parrandachilik binolarida energiya tejamkor havoni mo‘tadillash sistemalarini tadbiq qilish” 05.09.03 – “Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining  Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.26/27.02.2020.Т.109.01 raqamli ixtisoslashgan ilmiy kengash qoshidagi ilmiy semenari 2024-yil               20-dekabr  soat 14:00 da Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining bosh binosi birinchi qavat   114-xonasida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor Boboyev Sobirjon  Muradullayevich 

Manzil: Samarqand shahri, SamDAQU bosh bino.

Barcha qiziquvchi yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilarni taklif etamiz.