Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida "Payshanba profilaktika kuni" munosabati bilan talabalarning huquqiy ongini yuksaltirish va ularni jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklardan ogoh etish maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida universitet profilaktika inspektori Nargiza Primova tomonidan yoshlarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha zaruriy tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalarga universitetning ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish, ijtimoiy va akademik muhitda mas’uliyatli bo‘lish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.