2025-yil 11-iyul kuni Pekin shahrida joylashgan BUCEAda “Aqlli shaharlar” mavzusidagi Xalqaro yozgi maktabning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dastur davomida universitetimiz vakillari o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilib, “Aqlli shaharlar” konsepsiyasini rivojlantirishdagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Yopilish marosimida barcha ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Yopilish marosimidan so‘ng vakillarimiz Xicheng kampusidagi “Arxitektura” va “Shaharsozlik” fakultetiga tashrif buyurib, fakultet rahbari professor Wei Feiyu bilan uchrashuvda.
Suhbat davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi:
Arxitektura va landshaft dizayni bo‘yicha kafedralararo aloqalar o‘rnatish;
Akademik mobillik (1–2 semestr) dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
Professor-o‘qituvchilar bilan kasbiy hamkorlikni kuchaytirish;
Hammualliflikda o‘quv adabiyotlari va ilmiy maqolalar tayyorlash;
Talabalar kurs ishlari ko‘rgazmalarini tashkil etish;
Xalqaro grantlar yuzasidam hamkorlik.