Skip to main content

Praga texnika universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Chexiya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Praga texnika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. 

 

Delegatsiya tarkibida Karel Pavelka – Praga texnika universitetining Xalqaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i, Karel Vach – universitet professori ishtirok etdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qildilar:

universitetlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,

talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish,

professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish,

qo‘shma ilmiy loyihalar ishlab chiqish va xalqaro grant dasturlarida hamkorlikda ishtirok etish.

 

Suhbat yakunida ikki tomonlama Anglashuv Memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki universitet o‘rtasida uzoq muddatli va samarali ilmiy-akademik aloqalar uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.