Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi qarori ijrosi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari, universitetning tegishli bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish choralarini muhokama qilindi.
Universitetning 2026-yilga qadar xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingiga kirish va 2030-yilgacha global reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashga qaratilgan rejalari ko‘rib chiqildi.