Kuni kecha Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakulteti talabalari uchun universitet psixologlari Sardor Otayorov va Umida Najmiyeva tomonidan talabalar dekanati bilan hamkorlikda “Insonga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillar” mavzusida psixologik seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tashqi omillarning inson fikrlashi, dunyoqarashi, xulq-atvori va fe’l-atvorining shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida chuqur va hayotiy misollar asosida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Psixologlar ijobiy va salbiy omillarni tahlil qilgan holda, yoshlarga o‘zlarini anglash va mustahkam ichki pozitsiyani shakllantirish borasida amaliy tavsiyalar berdilar.