Skip to main content

QS Eurasia Forum 2025

2025-yil 25–26-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan QS Eurasia Forum 2025 da universitetimizdan Xalqaro reytinglar va akkreditatsiyalar koordinatorligi ofisi mutaxassisi Alijanova Matlubaxon hamda Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Nasiba Zayniyeva ishtirok etdi.

 

Forumning asosiy mavzusi — “Ufqlarni kengaytirish: Oliy ta’limda global ko‘priklar qurish” bo‘lib, unda Yevroosiyo oliy ta’limining Sharq va G‘arbni bog‘lashdagi roli, oliy ta’lim muassasalari uchun global hamkorlik strategiyalari, shuningdek, QS Jahon Universitetlari Reytingiga samarali tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Tadbir davomida Qozogistonning Tashenev Universiteti, Dubayning Birmingham Universiteti, Malayziyaning INTI International University va Asia Pacific University of Technology and Innovation, shuningdek, Delta Universiteti hamda Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston va Yevropaning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan xalqaro reytinglar va hamkorlik yo‘nalishlarida muzokaralar olib borildi.