Skip to main content

Qurilish fakulteti talabalari uchun amaliy tashrif

8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakulteti talabalari uchun Samarqand viloyati jinoyat sudiga ochiq eshiklar kuni doirasida amaliy tashrif uyushtirildi.

 

Tashrif davomida talabalar sud jarayonlari, ularning tashkil etilishi, sud hokimiyatining vazifalari va qonun ustuvorligining amaliyotdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

Tadbirda Samarqand viloyat sudi raisi Xayitov Olim ishtirok etib, talabalarga sud tizimidagi islohotlar, adolat tamoyili va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish borasida tushuntirishlar berdi.