Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Qurilish muhandisligi kafedrasi professor-oʻqituvchilari G‘ofur Karimov, Dilovar Inoyatov, Ulug‘bek Xamrokulov va Shavkat Giyasovlar Tianjin Chengjian universitetining Materialshunoslik muhandisligi, Qurilish muhandisligi va Muhandislik tadqiqotlari ilmiy markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ushbu fakultetlarda magist va doktorant talabalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishib, beton, temirbeton, metal konstruksiyalar tarkibini o‘rganish va ularni laboratoriya sharoitida sinash jarayonlarida ishtirok etdilar.
Bundan tashqari, Tianjin Chengjian universiteti huzuridagi laboratoriyalarda qo‘llanilayotgan yuqori aniqlikda ishlovchi zamonaviy jihozlar va ularda sinovdan o‘tgan qurilish materiallarining tarkibi, mustahkamligi boʻyicha hamkorlikda tadqiqot ishlarini olib borishga kelishib olindi.