2025-yil 6-may kuni universitetimiz Katta faollar zalida bo‘lib o‘tadigan QVZ ko‘rik-tanlovi "Rektor kubogi"ga barchani taklif etamiz!
Ishtirokchilar — Universitet talabalaridan iborat jamoalar.
Jamoalar soni cheklanmagan!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun 5 tashabbus yo‘nalishidagi klublar umumiy koordinatori Ikrom Davurov (https://t.me/Davuroff)ga murojaat qiling.
Tanlov nizomi bu yerda - https://t.me/samdaqueduuz/35383.
Sovrinlar:
1-o‘rin — 5 000 000 so‘m;
2-o‘rin — 3 500 000 so‘m;
3-o‘rin — 2 500 000 so‘m;
"Eng quvnoq yigit" va "Eng quvnoq qiz" — har biri 1 000 000 so‘mdan.
Qiziqarli hazillar, kulgi va katta sovrinlar sizni kutmoqda!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — sahnaga chiqing va yuting!