O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan respublika bo‘yicha 903 ta “og‘ir” mahalla uchun master-rejalar tayyorlanmoqda.
Bu jarayonda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bitiruvchi talabalari Samarqand viloyatidagi 103 ta mahallada o‘rganish olib bormoqda.
Hozirda Kattaqo'rg'on tumani va Samarqand tumani hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy tahlillar amalga oshirilib, infratuzilma hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.
Tadbirda Vazirlar Mahkamasi departament boshlig‘i Fayzullo Qosimov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi boshqarma boshlig‘i Xurshed Ochilov, Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Isroil Jabborov, Samarqand tumani hokimligi mutasaddilari hamda Professor o'qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Loyiha hududlar obodligi bilan birga yosh mutaxassislar uchun muhim amaliy tajriba bo‘lmoqda.