Skip to main content

“Samarqand Metallurgiya Zavodi”ga tashrif

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz hamda Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Juramirza Qayumov boshchiligida bir guruh professor-o‘qituvchilar Samarqand shahri, Hishrav-2 massivida joylashgan “Samarqand Metallurgiya Zavodi”ga tashrif buyurdilar.

Uchrashuv doirasida zavod rahbariyati tomonidan metallurgiya muhandisligi bo‘yicha yuqori malakali texnologlar, mashinistlar, payvandlovchi, qoliplovchi kabi sohalarda kadrlarga ehtiyoj mavjudligi ta’kidlandi.

Olib borilgan ikki tomonlama suhbatlardan kelib chiqib, universitetda metallurgiya muhandisligi sohasi bo‘yicha yo‘nalishlar tashkil etish, ularning o‘quv dasturlari va malaka talablarini zavodning ishlab-chiqarishiga moslashtirish, metallurgiya muhandisligi bo‘yicha ilmiy laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.