Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori mayor Fattoyev Voxid , katta leytenant Ergashev Jahongir , hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Talabalar dekani Bozorov Sherzod va Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani Eshmurodov Maqsud bilan talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarini ko‘zdan kechirishdi.
Xonadonlardagi isitish tizimlari, elektr jihozlari, gaz uskunalari va ularning xavfsiz ishlatilish holati sinchkovlik bilan o‘rganildi.
Shuningdek, talabalar bilan yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, favqulodda vaziyatlarda tezkor xizmatlarga murojaat qilish tartiblari haqida suhbat o‘tkazildi.