Skip to main content

Samarqandda O‘zbekiston – Xitoy texnik ta’limi bo‘yicha strategik uchrashuv

Samarqand davlat arxitektura va qurilish universitetida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida WorldSkills International tashabbuslari doirasida texnik va kasb-hunar ta’limi (TVET) sohasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan uchinchi strategik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Universitet rahbariyati hamda WorldSkills Invitational Competition vakili, Shenzhen Future Creative Design Ltd. prezidenti va hamkorlik homiysi Mr. Zhanhuan Bai (Kendall) o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda o‘zaro hamkorlikni quyidagi yo‘nalishlarda yanada rivojlantirishga kelishildi:

 

O‘zbekiston ta’lim tizimiga WorldSkills muhandislik va dizayn texnologiyalarini joriy etish;

Qo‘shma o‘quv markazlari va xalqaro dasturlarni yaratish;

Talabalar almashinuvi va qo‘shma akademik dasturlarni yo‘lga qo‘yish;

Kasbiy standartlar va o‘qituvchilar malaka tizimini ishlab chiqish.

 

Dastlabki bosqichda quyidagi 6 ta WorldSkills yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv xonalari tashkil etilishi belgilandi:

Mechatronics – Avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlari;

Electronics – Elektr zanjirlarini loyihalash, lehimlash va sinov laboratoriyalari;

Mechanical Engineering CAD – Raqamli chizmachilik va 3D modellashtirish ish stansiyalari;

Industrial Design Technology – Dizayn fikrlash, prototiplash va innovatsion laboratoriyalar;

Graphic Design Technology – Kreativ dizayn va raqamli media ta’limi;

Robot Systems Integration – Robototexnika, dasturlash va avtomatlashtirish integratsiyasi.

 

Shuningdek, Samarqandda Markaziy Osiyoda ilk “WorldSkills Academy: Industry Design Technology Training Center”ni tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

 

Xitoy tomoni markaz uchun to‘liq jihozlar ro‘yxatini taqdim etadi,

O‘zbekiston esa bino va infratuzilmani tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.