Skip to main content

Samarqandda shahar muhitini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro workshop yakunlandi

SamDAQUda turar joy hududlaridagi sotsial va makoniy jarayonlarni o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro workshop o‘z yakuniga yetdi.

 

Dastur davomida ishtirokchilar Samarqand shahridagi mikrorayonlar misolida shahar muhitini tahlil qilish, dala tadqiqotlarini olib borish, kartografiya va vizual storytelling vositalaridan foydalanish bo‘yicha muhim amaliy tajriba orttirdilar.

 

Workshop nazariy bilimlar va amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unligida tashkil etilib, ishtirokchilarning zamonaviy tadqiqot metodlari asosida ishlash ko‘nikmalarini yanada rivojlantirdi.

 

Yakuniy bosqichda ishtirokchilarga sertifikatlar SamDAQU rektori Chidem Turkyilmaz tomonidan tantanali tarzda topshirildi.

 

Loyiha SamDAQU hamkorligida va British Council ko‘magida amalga oshirildi. Workshop Art Station tomonidan Dona Kulmatova, Anastasiya Galimova (O‘zbekiston), Omar Nagati (CLUSTER, Misr) hamda Elisa Wynne-Hughes (Cardiff University, Buyuk Britaniya) ishtirokida tashkil etildi.

 

Mazkur workshop universitetda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or ilmiy-amaliy tajribalarni joriy etish hamda talabalar va yosh tadqiqotchilarni zamonaviy urbanistik tadqiqotlarga faol jalb etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.