Skip to main content

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 2025-yil 18-22 fevral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Samarqanddagi “Turk dunyosi shaharsozlik qurultoyi”da faol ishtirok etmoqda.

Tadbirda SamDAQU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Turk davlatlari tashkiloti oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim, Qurilish vaziri Sherzod Xidoyatov, Samarqand viloyati hokimi v.b. Adiz Boboyev hamda ko‘plab mutaxassislar ishtirok etdilar.

SamDAQU jamoasidan 50 dan ortiq professor-o‘qituvchilar va talabalar qatnashdi. Dr. Chidem Turkyilmaz qurultoy doirasidagi sessiyalardan biriga raislik qilib, Abror Gadayev, Ahtam Uralov va Bahodir Norqlov ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

Qurultoy quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi:

Shaharsozlik va arxitektura – barqaror rivojlanish hamda zamonaviy qurilish texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashish.

Tadqiqot hamkorliklari – muhandislik va me’morlik yo‘nalishidagi ilmiy ishlanmalarni keng joriy etish.

B2B uchrashuvlar – qurilish va loyihalashtirish sohasida biznes hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish.

Madaniy merosni asrash – qadimiy shaharlarni restavratsiya qilish va madaniy yodgorliklarni muhofaza etish.

Xalqaro ta’lim aloqalari – universitetlar va ilmiy markazlar o‘rtasida ta’lim dasturlarini rivojlantirish.