Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori maslahatchisi Ferhan Kara Bangladesh Respublikasiga xizmat safari chog'ida Daffodil International University (DIU) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida DIUning Xalqaro aloqalar bo‘limi hamda Magistratura fakulteti jamoasi bilan 2025-yil may oyida imzolangan memorandum doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, doktorantura yo‘nalishlari, qo‘shma ilmiy rahbarlik, stipendiyalar va qo‘shma dasturlar yuzasidan kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Yaqin kunlarda DIU talaba va professor-o‘qituvchilari uchun SamDAQU doktorantura dasturiga qabul e’lon qilinib, qisman stipendiya va assistentlik imkoniyatlari taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.