Skip to main content

SamDAQU Inkubatsiya markaziga investitsiya kiritiladi

Ayni kunlarda Xitoyda xizmat safarida bo‘lib turgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti delegatsiyasi a’zolaridan Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Juramirza Qayumov hamda “Arxitektura” kafedrasi professori Emrah Turkyilmaz Xitoying Chingtai shahrida joylashgan Xing Tai Lang Tai Agricultural Technology Co.Ltd (Shingtay Langtay qishloq xo‘jalik texnologiyalari kompaniyasi MChJ) hamda Hebei Lakoo Automotion Equipment Co.Ltd. (Hebei Lakoo avtomatik jihozlar companiyasi MChJ) ga tashrif buyurdilar.

 

Tashrifdan asosiy maqsad universitet Inkubatsiya markaziga xorijiy investitsiya kiritishdan iborat bo‘lib tashrif davomida ikki tomon o‘z maqsadlarini bildirdilar.

 

Dastlab universitetimiz vakillari Xing Tai Lang Tai Agricultural Technology Co.Ltd (Shingtay Langtay qishloq xo‘jalik texnologiyalari companiyasi MChJ)ga tashrif buyurib korxona rahbariyati bilan korxonada ishlab chiqarilayotgan traktorlar va ularning ishchi qismlarining tayyorlanish jarayoni bilan tanishdilar. Korxonada kabinali va kabinasiz kichik o‘lchamdagi traktorlar ishlab chiqarilib, jahonning turli davlatlariga eksport qilinadi. Tashrif davomida kelgusida ushbu traktorlar ishchi qismlarining 25 foizi SamDAQU Inkubatsiya maskazida tayyorlanishi kelishib olindi.

 

So‘ngra Hebei Lakoo Automotion Equipment Co.Ltd. (Hebei Lakoo avtomatik jihozlar companiyasi MChJ) ga tashrif buyurilib qurilish uchun foydalaniladigan g‘isht va boshqa turdagi devor mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mashina va jihozlarning tayyorlanish jarayoni bilan tanishdilar.

 

Uchrashuv yakunida SamDAQU vakillari Xing Tai Lang Tai Agricultural Technology Co.Ltd rahbari janob Feng Genghui va Hebei Lakoo Automotion Equipment Co.Ltd. rahbari janob Jin Yi bilan o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolashga erishdilar.