Skip to main content

SamDAQU “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining 2-hududiy bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talabalar o‘rtasida tashkil etilgan “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining 2026-yilgi mavsumi doirasida navbatdagi bosqich bo‘lib o‘tdi.

 

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan 2-hududiy bosqichda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Ulug‘bek vorislari” jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda tanlovning mintaqaviy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

Ushbu quvonchli g‘alaba bilan talaba-yoshlarimizni universitet jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz. Jamoaga mintaqaviy bosqichda ham ulkan zafarlar, yuqori natijalar va omad tilaymiz!