Skip to main content

SamDAQU professor-o‘qituvchilari Tojikistonda xizmat safarida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Arxitektura” hamda “Madaniy meros obyektlarini asrash” fakultetlari vakillari – Farrux Madiyev, Abduaziz Raximov, Fayzulla Chorshanbayev va Dilshod Luqmonovlar Tojikiston Texnika universitetida xizmat safarida bo‘lishdi.

 

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad:

qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish,

akademik mobillik va stajirovka dasturlarini rivojlantirish,

ta’lim tizimi, fan dasturlari hamda baholash mezonlari bilan tanishishdan iborat bo‘ldi.

 

Tashrif davomida delegatsiya:

universitet kampusi va “Luban” ustaxonasi faoliyati bilan tanishdi,

dars mashg‘ulotlarida ishtirok etdi,

ilmiy-uslubiy fikr almashdi,

1-prorektor bilan hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

 

Mazkur xizmat safari ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va xalqaro tajriba almashuvini kengaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.