Joriy yilning 10-12-fevral kunlari “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar markazida “UzBuild 2026” 27-xalqaro ko‘rgazmasi bo’lib o’tmoqda.
Mazkur tadbir mamlakatimizda qurilish, ishlab chiqarish, me’morlar, loyihachilar va pudratchilar uchun muhim ahamiyat kasb etib, mahalliy va xorijiy ishbilarmonlar uchun yirik muloqot maydonini yaratmoqda. Ko‘rgazmada dunyoning 22 mamlakatidan 450 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti ham ushbu xalqaro tadbirda o’z pavilyoni bilan faol ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmaga universitetimiz rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, rektor maslahatchisi Gaetano Crisci, Inkubatsiya markazi direktori Ulug‘bek Raximov, Mexanika muhandisligi kafedrasi o’qituvchisi Yabaci Sayhun Huseyin hamda professor-o‘qituvchilar tashrif buyurgan.