Skip to main content

SamDAQU rektori Xitoy safarida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

 

Safari doirasida rektor:

“HENGDA” Qurilish sifatini nazorat qilish byurosida qurilish jarayonlarini sifatli tashkil etish tajribasi bilan tanishdi.

“China Medical City” – milliy darajadagi biotibbiyot va yuqori texnologiyalar hududida xalqaro innovatsion loyihalar hamda ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasini ko‘zdan kechirdi.

“SUN sement” zavodida esa zamonaviy sement ishlab chiqarish texnologiyalari va ularning qurilish sohasidagi qo‘llanilishi bilan yaqindan tanishdi.

 

Uchrashuvlarning asosiy maqsadi — SamDAQU va Xitoyning yetakchi tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, talabalar uchun Xitoyda o‘quv-amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro tajriba orttirish va kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishdir.