Joriy yilning 10-fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahridan nufuzli Shanghai Construction Group kompaniyasi delegatsiyasi universitetimizga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga kompaniyaning kadrlar bo‘limi boshlig‘i Wu Kuan boshchilik qildi.
Mehmonlar bilan uchrashuvda universitet rahbariyati — strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Juramirza Qayumov, Qurilish fakulteti dekani Javlon Suyunov, Qurilish muhandisligi kafedrasi mudiri G‘ofur Karimov hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Humoyun Avezov ishtirok etdi.
Tashrifdan asosiy maqsad — Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bitiruvchi talabalarini kompaniyaga ishga taklif etish va ularning bandligini ta’minlash masalasini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida:
yetakchi mutaxassisliklar bo‘yicha bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash,
talabalar bilan bevosita uchrashuv va taqdimotlar tashkil etish,
kompaniya faoliyati va xalqaro loyihalari haqida ochiq muloqot o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur tashrif SamDAQU talabalariga xalqaro miqyosdagi yirik qurilish loyihalarida ishtirok etish, zamonaviy muhandislik tajribasini o‘rganish va global mehnat bozoriga chiqish imkoniyatini yaratadi