Skip to main content

SamDAQU UNESCO “Knowledge for Change” dasturida ishtirok etmoqda

Shu kunlarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti ijrochi menejeri Rustam Eshmamatov Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida tashkil etilgan UNESCO K4C Regional Training Centre (RTC) Asia — Mentor Training Program (MTP) dasturida universitet nomidan ishtirok etmoqda.

 

Mazkur xalqaro dasturda turli mamlakatlardan kelgan K4C mentorlari, professor-o‘qituvchilar va tashkilotlar vakillari qatnashmoqda. UNESCO tomonidan tashkil etilgan ushbu dastur CBPR (Community-Based Participatory Research) — jamotchilik ishtirokiga asoslangan tadqiqot yondashuviga bag‘ishlangan bo‘lib, u ilmiy tadqiqotni jamoatchilik bilan birgalikda olib borish, “communiversity” (universitet-jamiyat integratsiyasi) konsepsiyasini rivojlantirish hamda jamiyat va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

 

Dastur davomida ishtirokchilar CBPR tarixi, etikasi, SDG yo‘nalishlari bilan uyg‘unlik, knowledge democracy masalalari, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish, shuningdek, ta’lim va tadqiqot integratsiyasi kabi mavzularda xalqaro ekspertlar tomonidan o‘tkazilayotgan ma’ruzalar va treninglarda qatnashmoqda.

 

Dastur yakunida ishtirokchilar o‘z hududlarida UNESCO K4C Hub (markaz)larini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu kabi markazlarning ochilishi SamDAQU uchun UNESCO xalqaro tarmog‘iga qo‘shilish, xalqaro grantlar, ilmiy loyihalar va hamkorliklar yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratadi.