Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz hamda Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Jo‘ramirza Qayumov boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaning yana ikki nufuzli universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.
Malayziya Islom bilimlari universiteti bilan tuzilgan dastlabki kelishuv shartnomasini SamDAQU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz imzoladi. Uchrashuv davomida Dr. Dotsent Elina Mohd Husini va Dr. Dotsent Fadli Arabi universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, kutubxona, studiyalar va laboratoriyalar haqida ma’lumot berishdi. Tomonlar kelgusida akademik almashinuv dasturlari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdilar.
Tunku Abdul Rahman universiteti rahbariyati bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarga universitet prorektori Dr. Goi Bok Min rahbarlik qildi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish yuzasidan fikr almashishdi.