Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Chidem Turkyilmaz Namangan davlat texnika universiteti rektori v.v.b. Muhammadjon Dadamirzayev bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va innovatsion hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar akademik almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar hamda o‘quv dasturlarini takomillashtirish masalalarida o‘zaro fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida SamDAQU va NamDTU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum kelgusida ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.