Skip to main content

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti dekani Dr. Dilnoza Kamalova universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz buyrug‘i bilan AQShning yetakchi universitetlaridan biri – Savannah san’at va dizayn kolleji (SCAD)da o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturida tahsil olmoqda.

SCAD talabalar imkoniyatlarini kengaytirish, tadqiqot olib borish va tajriba almashish maqsadida dunyoning turli universitetlari va tashkilotlari bilan faol hamkorlik qiladi. Tashrif doirasida arxitektura fakulteti dekani Dr. Geoffrey Taylor universitetimiz bilan hamkorlikka ochiq ekanligini bildirdi. Dekanlar o‘rtasida aniq hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi va kelishuvlarga erishildi.

Arxitektura fakulteti dekani Dr. Dilnoza Kamalova hamda SCAD universiteti talabalar bilan ishlash boyicha dekan Meg Graham tashrif doirasida xalqaro dasturlar, yozgi maktablar, seminarlar va hamkorlik shartnomalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikrlarni bildirdi.

Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

Talabalar almashinuvi va ta’lim dasturlari – SCAD xalqaro almashinuv dasturlarini rivojlantirishda ishtirok etib, talabalarga san’at va dizaynni turli madaniy kontekstlarda o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi.

Qo‘shma loyihalar va studiyalar – ikki universitet o‘rtasida dizayn va arxitektura yo‘nalishidagi loyihalar ustida hamkorlik olib boriladi.

Konferensiyalar va seminarlar – talabalar va o‘qituvchilar o‘zaro bilim va tajriba almashishlari uchun ilmiy anjumanlar tashkil etiladi.

Tadqiqot hamkorliklari – zamonaviy dizayn, san’at va texnologiya bo‘yicha qo‘shma tadqiqot loyihalari amalga oshiriladi.

Mehmon ma’ruzalari – professorlar va mutaxassislar tomonidan xalqaro ma’ruzalar va seminarlar tashkil etiladi.