Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Partiya qo‘mitasi kotibi Li Zhijun boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasining Shian Texnologiya universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Dastlab delegatsiya a'zolari universitetning yangi binosida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shundan so‘ng uchrashuvning asosiy qismi universitet rahbariyati ishtirokida bosh binoda davom etdi.
Uchrashuv davomida:
Ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
Ilmiy almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
SamDAQUning “Ekologik suvni saqlash va yangi energiya ittifoqi”ga a’zolik masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Xi’an University of Technology va Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi hamda ittifoqqa a’zolik shartnomasi imzolandi.