Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
SamDAQU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va TAQU rektori Baxrom To‘laganov muzokaralar olib borib, ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida SamDAQUning ilmiy salohiyati, moddiy-texnik bazasi va zamonaviy laboratoriyalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama markazida bo‘ldi:
eko tizim va yashil qurilish tashabbuslari;
qo‘shma ilmiy tadqiqotlar;
yozgi maktablar va workshoplar tashkil etish;
xalqaro grantlarda qo‘shma ishtirok.
Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.