Skip to main content

SamDAQUda Ebru san’ati bo'yicha master-klass o‘tkazildi

Kuni kecha universitetimizda mashhur turk san’ati — Ebru (suv ustida rasm chizish) bo‘yicha noyob master-klass bo‘lib o‘tdi. Tadbir xalqaro ebru san’ati ustasi, 16 yillik tajribaga ega o‘qituvchi va ijodiy tadbirlar tashkilotchisi Songül Kartal tomonidan olib borildi.

 

Ishtirokchi o‘qituvchi va talabalar Ebru san’atining nafis sirlariga chuqur sho‘ng‘ishdi. Suv yuzasida ranglarning raqsini tomosha qilish va o‘z qo‘llari bilan asar yaratish ularda katta taassurot qoldirdi.

 

Tadbir so‘ngida Songül Kartalga universitet nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.