Skip to main content

SamDAQUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov ochib berdi.

 

Tadbirda 187 ta nufuzli yirik kompaniyalar ishtirok etdi.

 

Jumladan,

Samarqand viloyati, Samarqand tumanida faoliyat olib borayotgan “Mirankul Construction Materials LTD ”,

Samarqand viloyati, Urgut tumani “SAM FERRE” xususiy korxonasi,

Toshkent Shahrida joylashgan Hindistonning Larsen & Toubro Constuction kompaniyasi,

Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan “Navoiy kon metallurgiya” Aksiyadorlik Jamiyati,

“Yuksalish Group” kabi kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek,150 nafarga yaqin talabalar suhbat asosida ushbu korxonalarga ishga qabul qilindi.

“ARAM" kompaniyasi” direktori, “1000 ta Millioner” klubi asoschisi Zaxriddin Nosirov tomonidan tadbirkor bo‘lish sirlari mavzusida masterklass o‘tkazildi.

 

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida "Ochiq eshiklar kuni" doirasida maktab, texnikum va akademik litseylar bitiruvchilari uchun universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.