Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bugundan boshlab o‘qishni ko‘chirish istagidagi abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi.
Imtihonlar belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq, shaffof va adolatli tarzda o‘tkazilmoqda. Ushbu jarayon abituriyentlarga o‘z bilim, mahorat va ijodiy yondashuvini namoyish etish, hamda tanlagan yo‘nalishida muvaffaqiyatli ta’lim olish imkonini beradi.