Skip to main content

SamDAQUda psixologik uchrashuv tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura va Madaniy meros obektlarini asrash fakultetlarida talabalar uchun muhim psixologik uchrashuv tashkil etildi.

 

Psixologlar Sardor Otayorov va Umeda Najmiyeva hamda Talabalar dekanati tyutorlari hamkorligida 1 va 3-bosqich talaba yoshlariga mo‘ljallangan “Psixolog va talabalar uchrashuvi” doirasida “Ruhiy salomatlikni barqarorlashtirish” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazildi.

 

Seminar davomida ruhiy barqarorlikni saqlash usullari, stress va xavotirni boshqarish yo‘llari, talabalar bilan ochiq muloqot kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 

Mazkur tadbir talabalarning psixologik savodxonligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.