Skip to main content

SamDAQUda talabalar turar joyi va ijara markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida talabalar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida talabalar turar joyi va ijara markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 

Bundan asosiy maqsad – talabalar uchun turar joy masalalarini hal etishda, shuningdek, ijaraga olingan xonadonlarda yashash jarayonini tartibga solishda ko‘makchi bo‘lish, shuningdek, yoshlarning ta’lim jarayonida o‘z vaqtini samarali o‘tkazishi va xavfsiz, qulay sharoitlarda yashashini ta'minlash.