Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Turkiya delegatsiyasi bilan xalqaro hamkorlik masalalari yuzasidan muhim uchrashuv o‘tkazildi.
Delegatsiya tarkibi:
Doktor Hasan YAVUZ – Turkiya Tashqi ishlar vazirligi elchisi
Prof. Dr. Adnan SÖZEN – Adana Alparslan Turkesh Fan va Texnologiya Universiteti rektori
Prof. Dr. Neshe YALCHIN – Adana ATU prorektori
Dots. Dr. Nihat DÖNGEL – Adana ATU Bosh kotibi
Doktor Mustafa Latif EMEK – IKSAD instituti prezidenti
Atabek MOVLYANOV – IKSAD bosh koordinatori
Uchrashuvda muhokama qilingan mavzular:
Ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytirish;
Talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari
Qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari va texnologik innovatsiyalar
Rektor Dr. Chidem Turkyilmaz:
"Bunday uchrashuvlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlab, kelajakdagi qo‘shma istiqbollarni yaratishda muhim rol o‘ynaydi" dedi.