2025-yil 26-sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti katta faollar zalida “Zamonaviy arxitektura, dizayn va shaharsozlikni barqaror rivojlantirishning dolzarb muammolari va innovatsion yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, soha mutaxassislari hamda iqtidorli talabalar o‘z ilmiy ishlari bilan ishtirok etdilar.
Konferensiyada bildirilgan ilmiy g‘oyalar va takliflar arxitektura, dizayn va shaharsozlikni rivojlantirishga oid dolzarb masalalarga yechim topishga xizmat qiladi.
Maqolalar to‘plami “Экономика и социум” jurnalining maxsus sonida chop etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu xalqaro konferensiya ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion qarashlarni targ‘ib qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.