Skip to main content

SamDAQUda Xitoy kompaniyalari bilan Universitet va sanoat korxonalari hamkorligi markazi ochildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Inkubatsiya markaziga investitsiya kiritilishi to‘g‘risida avvalroq xabar bergan edik - (https://t.me/samdaqueduuz/30341?single).

 

Bugun SamDAQUda Xitoyning Hebei Lakoo automation equipment mas’uliyati cheklangan jamiyati  hamda  XingTai LangTai Agricultural Technology mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda universitet tomonidan rektor Dr. Chidem Turkyilmaz, prorektorlar Juramirza Qayumov, Sherzod Uzoqov, Mirolim Shodmonqulov, Rahmatillo Egamov hamda bosh kotib Ulug‘bek Xolmatov, Samarqand viloyat Investitsiya, sanoat va savdo boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Ahmadjon Bahodirov ishtirok etdi.

 

Uchrashuv doirasida Inkubatsiya markazi qoshida Xitoy kompaniyalari bilan Universitet va sanoat korxonalari hamkorligi markazi ochildi.