Samarqand Davlat Arxitektura-qurilish institutining ochilishi munosabati bilan 1966 yilda tashkil topgan kafedra dastlab “Rasm, rangtasvir va haykaltaroshlik” nomi bilan atalgan. Quyidagi professor o’qituvchilar uning mudirlari bo’lib ishlaganlar: S.M.Muxammedshin 1966-1967 yillarda, V.V.Vanyakin 1967-1971 yillarda, N.T.Sultonov 1971-1977 yillarda, N.J.Kalonov 1976-1982 yillarda, F.G.Yuldoshev 1982-1987-2001-2009 yillarda, yillar, N.T. Sultonov 1988-2001 yillarda, X.X.Jo’rayev 2009-2012 yillarda, D.Z.Saloxiddinova 2012 yilda, T.H.Yorqulov 2013-2017 yillarda, Sh.E.O’rinboyev 2017-2023 yillarda, A.N.Sultanov kafedra mudiri v.b., 2023 avgust oyidan kafedra mudiri vazifasida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Ushbu kafedraga institut rektori R.R.Abdurasulov tomonidan dastlab V. Redkin, G.S. Salaxov, N.Sh. Shaymuradov va V.V, Vanyakinlar taklif qilingan.
A.Shimandurov (1967-1972), V.Shimandurova. (1967-1972), K.Valter (1967-1972), F.I.Pak (1967-1979), E.M.Muhammadiyev (1968-1979), D.Fxudin (1971- 1972), T.Shamirzayev. (1972-1974), Sherali (1972-1974), G.Malaxov. (1972-1974), A.T.Bekmuhammedov (1973-1979), J.Prokopenko, K.Osmonova (1972-1977), M.Abdusalamov (1974-1980), N.J.Kalonov (1976-1982), E.B.Turabov (1977-2002), T.B.To’rayev (1978-1984), R.Fayziyev (1979-1984), Shaymardanov (1984-1993), K.A.Abrayev (1990-1995), I.B.Hakimov (1992-1995), Sh.Mirzayev (1992-1995), X.Maxammatov (1979-2012), BerdiyevB.T. (2008-2018) yillarda kafedrada faoliyat ko’rsatishgan.
Jumladan, S.M.Muxammedov 1966-1967 yillarda talabalarga san’at sirlarini o’rgatish bilan birgalikda o’zining ijodiy faoliyati bilan jamoat orasida ko’zga ko’ringan suv bo’yoq ustasi, O’zbekiston badiiy ijodiy uyushmasi a’zosi, xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, xorijiy va respublika badiiy ko’rgazmalarida faol qatnashgan haykaltarosh, Respublikada ko’zga ko’ringan haykallarning muallifi bo’lgan.
Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar professor (DSc), 1 nafar dotsent, 1 nafar (PhD), 1 nafar v.b.dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi, 5 nafar o‘qituvchi jami – 11 nafar professor – o‘qituvchi hamda 1 nafar o‘quv yordamchi xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
San’at kafedrasi professor – o‘qituvchilarinig o‘rtacha yoshi 40 yosh bo‘lib, ilmiy salohiyat 27.2 % ni tashkil etadi.
O‘tgan davr ichida o‘quv jarayonini yaxshilash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yangilash, ularni yosh va iqtidorli olimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarni bilim darajasini yanada yaxshilash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarilishini ta’minlash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416 son qarorining 2-ilova universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish boʻyicha Yoʻl haritasining 4 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari “Amaliy san’at” fanlaridan joriy qilingan o‘quv kurslarida muntazam qatnashib kelishmoqda. 2024 yildan San’at kafedrasi bazasida yangi uchta ta’lim yo’nalishlari, ya’ni “Dizayn: Libos va gazlamalar”; “Amaliy san’at: Badiiy naqqoshlik” hamda “Dizayn: Kompyuter grafikasi va badiiy foto” yo’nalishlari ochildi va bugungi kunda talabalar ushbu mutaxassislikda taxsil olishmoqda.
Kafedrada o‘qish sifatini yanada oshirish uchun yangi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish ishlari ham yuqori sur’atlarda olib borilmoqda. Jumladan, so‘nggi 10 yil maboynida 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar, lug‘atlar, so‘zlashgichlar va 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan bo‘lib, universitetda va turdosh oliy ta’lim muassasalari qo‘llanma sifatida keng foydalanib kelinmoqda. Shulardan 8 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta darslik, 3 ta monografiya, OAK roʻyhatidagi jurnallarda 80 ta ilmiy maqola va xalqoro SCOPUS ba’zasiga kiritilgan jurnallardagi 5 ta ilmiy maqolalar soʻnggi ikki yil ichida bajarilgan.
Shuningdek, kafedralarda kunning ikkinchi yarmida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari universitet ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan mavzular asosida muntazam olib borilmoqda.
Hozirgi kunda kafedra professori D.N.Sultonova, dotsent v.b. Sh.E.O’rinboyev, hamda Sh.V.Barnayeva va D.M.Nazarovalar mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda, katta oʻqituvchilar T.H.Yorqulov va dotsent T.Esanovlar o’zlarining yuksak haykaltaroshlik asarlari bilan dunyo simpozium va ko’rgazmalarida muntazam ishtirok etib kelishmoqda.
Kafedra manzili: SamDAQU, Arxitektura binosi, 2 qavatda joylashgan.
Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlar haqida qisqacha
MA’LUMOT
T/r |
F.I.SH |
Lavozimi |
Ish joyiga munosabati |
1. |
Sultanov Akram Namazbayevich |
Kafedra mudiri, katta o’qituvchi (PhD) |
Asosiy |
2. |
Sultonova Dilshoda Namozovna |
Professor |
Asosiy |
3. |
Esanov Turkman |
Dotsent |
Asosiy |
4. |
O’rinboyev Shakarboy Eliboyevich |
Dotsent v.b. |
Asosiy |
5. |
Yorqulov To’lagan Hamidovich |
Katta o‘qituvchi |
Asosiy |
6. |
Barnayeva Shaxlo Vafayevna |
Katta o‘qituvchi |
Asosiy |
7. |
Nazarova Dilshoda Mustafayevna |
O‘qituvchi assistent |
Asosiy |
8. |
Gulmirzayev O’ktam Abduraximovich |
O‘qituvchi assistent |
Asosiy |